10:37 / 13.08.2015
6669

Xitoy Markaziy banki ketma-ket uch kundan buyon yuanning dollarga nisbatan bahosini tushirmoqda

Xitoy Markaziy banki chorshanba kuni ham yuanning dollarga nisbatan o‘rtacha bahosini seshanba kungiga nisbatan 1,1 foizga tushirdi. Xitoy valyutasining AQSh dollariga nisbatan o‘rtacha ayirboshlash kursiga ko‘ra, bir dollar 6,3306 yuanni tashkil etdi. Bu haqda China Foreign Exchange Trade System xabar berdi.

Bugun esa Markaziy bank yuanning dollarga nisbatan o‘rtacha kursini 6,4010 darajasida belgiladi va kechagiga nisbatan yana 1,1 foiz pasayish kuzatildi. Dushanba kuni yuanning dollarga nisbatan o‘rtacha ayirboshlash bahosini rekord daraja — 1,9 foiz (6,1162)ga tushirganidan so‘ng uning kursi pasayishda davom etmoqda.

Xitoy o‘z valyutasini uzoq muddat bir dollar uchun taxminan 8,3 yuan atrofida ko‘rsatkichda ushlab turgan edi. 2005 yilning yozidan boshlab yuan mustahkamlanishni boshladi. 2008 yil kuziga kelib esa bir yilcha 6,8 darajasida saqlab turildi. O‘tgan 2014 yilda yuan eng yuqori ko‘rsatkich — 6,0 darajasiga qadar ko‘tarildi.

Top