06:38 / 13.08.2015
3937

Xitoydagi kuchli portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning sharqida joylashgan Tyantszin port shahridagi yonuvchi moddalar saqlanadigan oborxonalardan birida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlar soni 300 dan 400 gacha atrofida qolmoqda. Qayd etilishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. Bu haqda  o‘zining tvitterdagi mikroblogida People's Daily, China nashri xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar tagida odamlar qolmoqda. Internetda chop etilgan videolardan birida erkak bino eshiklari oldida turgani va bir necha soniyalardan keyin zarba to‘lqini ostida qolgani aks etgan.

Portlagan bino yonida avtomobillar yonib ketgan. 

Top