10:17 / 13.08.2015
6126

Xorazmda qovun sayli o‘tkazildi

8 avgust kuni Xorazmda “Gurvak – Xorazm qovunlari ramzi” nomli tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy agentligi sayti orqali axborot berildi.
Ushbu qovun sayli Xivaning Ichan Qal'a muzey-qo‘riqxonasining Ko‘hna Ark maydonida tashkil etildi.
Gurvak – Xorazmda yetishtiriladigan mashhur qovun navi. Ammo festivalda qovunning boshqa navlari, jumladan, qoraqosh, gulobi, noni go‘sht singarilar namoyish etildi. Tadbir mehmonlari jami 30 navdagi qovunlarni bir joyda ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
Saylda o‘nlab fermer xo‘jaliklarining vakillari o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. Qovundan tashqari, tarvuz, oshqovoq va boshqa poliz ekinlari, meva va sabzavotlar rastalardan o‘rin oldi.
Saylni xorijlik mehmonlar ham kuzatib borishdi. Jumladan, yaponiyalik turistlar guruhi sayl doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, Xorazm madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Top