09:48 / 13.08.2015
2476

Xotinbezor Donald Tramp vitse-prezident lavozimiga ayol kishi tayinlanishi mumkinligini aytdi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp agarda saylovlarda g‘olib chiqsa, vitse-prezident lavozimini ayol kishi egallashi mumkinligini inkor etmadi, deya xabar beradi Chicago Sun Times nashri.

Bundan avvalroq esa amerikalik milliarder va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp teledebatlarning birida FoxNews telekanali boshlovchisi Megin Kelli bilan suhbatidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat haqida izoh berar ekan, Kelli haqida nomaqbul so‘zlarni ishlatgan edi. Bu esa Respublikachilar partiyasining Atlantadagi anjumanida Trampning qatnashishi haqidagi taklifnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Trampning ko‘plab opponentlari, jumladan, respublikachilar ham uning axloqsizligini qoralab, xotin-qizlarga nisbatan bezorilikda aylab chiqishdi.

Top