18:24 / 13.08.2015
3507

Yaponiyalik baqlajon va bodringdan “Telba Maks” filmidagi mashinalarni yaratdi

Twitter’ning @Sativa_high nikli foydalanuvchisi o‘zining akkauntida 2015 yilda ekranlarga chiqqan “Telba Maks: qahr yo‘li” filmidagi mashinalarining baqlajon, bodring va tish tozalagich cho‘plardan yasalgan nusxalari suratini joylashtirdi.

Suratda sabzavotlardan yasalgan mashinalardan tashqari filmning aktyor Tom Xardi ijrosidagi bosh qahramoni – telba Maksning haykalchasini ham ko‘rish mumkin. Yaponiyalik ushbu haykalchani nimadan yasalganini ma'lum qilmagan (shuningdek, ushbu foydalanuvchi bu mitti mashinalar yaratuvchisi ekanligi ham noma'lum).

Yaponiyalikning ushbu tviti 32 mingta “layk” va 19 mingta javob posti yig‘di.

Foydalanuvchi shu tarzda Obon – uch kun davom etadigan marhumlarni eslash bayramini nishonlashga qaror qilgan. Bu bayramda yaponiyaliklar stollarda marhum qarindoshlarining ruhlariga atab sabzavotlar qoldirishadi. Urfga ko‘ra, marhum ajdodlar ruhlari Obonning uch kuni davomida o‘z oilasiga tashrif buyuradi.

Bu bayram buddistlar bayrami hisoblanib, dam olish kuni hisoblanmaydi. Biroq ko‘pgina kompaniyalar bu kunlar ishlamaydi.

Top