16:06 / 14.08.2015
3504

“Namangan yoshlar markazi” uchinchi marotaba Davlat granti g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan e'lon qilingan grant tanlovida “Namangan yoshlar markazi” ishtirok etib, “Keksalar o‘giti—yoshlar tarbiyasining mustahkam  asosidir” nomli uchinchi bor Davlat grant  tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Loyiha qiymati 14 mln 300 ming so‘m miqdorida bo‘ldi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadini ko‘zlagan.

Shu bilan birgalikda, loyiha doirasida o‘zining halol mehnati bilan hurmat e'tibor qozongan keksalarimiz istiqomat qilayotgan mahallalarda ularning hayot yo‘llarida kechirganlarini yoshlarga ibrat va namuna qilib ko‘rsatish maqsadida interfaol seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuv hamda muloqotlar, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, keksalarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular orasidagi iqtidorli yoshlarni izlab topish orqali yoshlarni kelajakda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘mashish maqsadida joylarda ko‘ngilochar madaniy dasturlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish hamda uy yumushlariga ko‘maklashish maqsadida yoshlardan iborat targ‘ibot guruhlari shakllantirish, ibratli keksalar ishtirokida tok shou tasvirga olish rejalashtirilgan.   

Loyiha davomida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarda foydalanish uchun mavzuga oid videoroliklar, slaydlar, tarqatma materiallari, bukletlar hamda o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanadi.

Top