00:45 / 14.08.2015
2860

Deutsche Bank Rossiya va AQShdagi qoidabuzarligi tufayli 4 mlrd dollarga jarimaga tortilishi mumkin

Deutsche Bank rahbariyati bank guruhi Rossiyada pul yuvganlik hamda AQSh tomonidan sanksiya kiritilgan davlatlar bilan operatsiyalar olib borgani uchun 4 mlrd dollarga jarimaga tortilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda, deb yozmoqda Der Spiegel nashri.

Xususan, bank guruhi bir nechta davlatning bank sohasidagi regulyatorlari tomonidan bir vaqtda jarimaga tortilishi mumkin. Manbalarning fikricha, Buyuk Britaniya tomonidan solinadigan jarima yuzlab million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Joriy yilning 2-choragida Deutsche Bank sud jaaryoni bilan bog‘liq xarajatlarga 3,8 mlrd dollar ajratib qo‘ygan. 30 iyungacha to‘lanmagan jarimalar miqdori 3,2 mlrd dollarni tashkil qilayotgan edi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning moliyaviy nazorat muassasasi pul yuvishga qarshi qonunchilikning buzilishi holati bo‘yicha Deutsche Bank’ga qarshi tergov boshlagan edi.

Top