01:45 / 14.08.2015
2583

Iroqda shifoxona portlatilishi oqibatida 25 nafar ayol va bolalar halok bo‘ldi

Iroqning Anbar viloyatidagi Al-Faluja shahridagi shifoxona bombardimon qilinishi oqibatida 25 nafar ayol va bolalar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali.
Tibbiy xodimlardan birining aytishicha, Iroq harbiy-havo kuchlari tomonidan shifoxonaga uchta bomba tashlangan.

Shifoxona hududida bo‘lgan yana 30 nafar kishi, jumladan tibbiy xodimlar turli jarohatlar oldilar. Shifoxona binosi vayronalari ostida odamlar qolib ketgani sababli qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda. Qutqaruvchilar va shifokorlar voqea joyidagi vayronalarni tozalashmoqda.

Top