19:14 / 14.08.2015
5845

Qirg‘iziston aholisi 6 mln nafarga yaqinlashdi

2015 yilning 1 iyul kuni holatiga ko‘ra, qo‘shni Qirg‘iziston respublikasi aholisi soni 5 mln 955 ming nafarni tashkil etgan. Ya'ni 2015 yil boshidan buyon Qirg‘iziston aholisi 59,4 ming kishiga ko‘paygan va 1 foizlik o‘sish qayd etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasi ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, nisbatan yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari O‘sh va Batkent viloyatlarida ro‘y bergan. Shuningdek, Bishkekda 1,2 foizlik natija qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Norin (0,4 foiz) va Issiqko‘l (0,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

2015 yilning yanvaridan iyun oyigacha Qirg‘izistondagi ZAGS idoralarida 78,6 ming tug‘ilish va 17,4 ming o‘lim ro‘yxatga olingan. Natijalarga ko‘ra, 1000 kishi boshiga tug‘ilish 20,8 nafarni tashkil etgan.

Top