08:37 / 14.08.2015
2456

Qirg‘iziston Visor bilan Jyeruy koni bo‘yicha kelishuvga erishdi

Qirg‘iziston hukumati Qozog‘istonning Visor kompaniyasi bilan Jyeruy oltin koni bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Kommersant'” nashrining yozishicha, bunda Qirg‘izistonga Rossiyaning “Russkaya platina” kompaniyasi ko‘mak berdi.
Visor ushbu kondan foydalanish litsenziyasining bekor qilingani bois Qirg‘izistondan 548 mln dollar hajmida tovon puli talab qilayotgan edi. Musa Bajayevga tegishli “Russkaya platina” konda ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘ldi va ayni paytda Qirg‘iziston va Visor o‘rtasidagi tortishuvni hal qilishda ishtirok etdi.

Top