20:02 / 14.08.2015
3158

Turkmanistonda internet foydalanuvchilari soni 2014 yilda 4 marta ko‘paydi

Turkmanistonda aloqa sifatining yaxshilanishi va narxlarning pasayishi 2014 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 4 marta, tashqi kanallar tezligi 32 foizga o‘sdi, deb ma'lum qilmoqda TDH axborot agentligi.

Narxlarning tushishi va uyali aloqa xizmatlari turlarining kengayishi hisobiga mamlakatdagi “Oltin asr” YoAJ mijozlari soni 116 foizga ko‘paydi. Ayni paytda mehmonxonalar, aholining dam olish joylari va savdo markazlarida simsiz ma'lumotlarni uzatish xizmatlarini taqdim qilish uchun Wi-Fi texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda tezkor tartibda LTE texnologiyasi negizida oxirgi avlod 4G mobil aloqasi tarmog‘ini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

2015 yilning 9 iyunidan “TürkmenÄlem 52oE” milliy sun'iy yo‘ldoshi orqali HD formatida 7 ta milliy televizion kanal va 4 ta radio dastur uzatila boshlandi.

Top