02:50 / 15.08.2015
2372

“Manchester Yunayted” mehmonda “Aston Villa”ni mag‘lub etdi

“Manchester Yunayted” Angliya chempionatining 2-turida mehmonda “Aston Villa”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni mankunianliklar yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay 29-daqiqada Xuan Mataning uzatmasidan keyin o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Lui van Gal jamoasi 1:0 hisobida 2-g‘alabaga erishib, 6 ochko to‘plagan holda chempionat jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 
“Manchester Yunayted” 18 avgustda Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida “Bryugge” bilan uchrashadi.

Angliya - Premer-liga. 2-tur

Aston Villa (Birmingem) – Manchester Yunayted (Manchester) – 0:1

Gol: Yanuzay, 29 (0:1).

Top