22:52 / 15.08.2015
3136

Angliya chempionati, 2-tur. «Everton»dan g‘alaba, «Tottenxem»dan durang va boshqa natijalar

Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Ularda turli xil natijalar qayd etildi.

Jumladan, “Everton” safarda “Sautgempton“ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mersisaydliklar safida Lukaku dubl qayd etgan bo‘lsa, Barkli o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

“Tottenxem” o‘z maydonida “Stok Siti” bilan jangovar durang qayd etdi. Mezbonlar birinchi bo‘limda Dayyer hamda Shadlining gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga o‘tib olishgan bo‘lishsa, ikkinchi bo‘limda mehmonlar Arnautovich va Diufning gollari bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Suonsi” o‘z maydonida Gomis va Ayyuning gollari evaziga “Nyukasl”ni mag‘lubiyatga uchratdi. “Norvich” bo‘lsa safarda “Sanderlend” darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi.

Kunning shu va boshqa natijalari bilan quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Angliya chempionati. 2-tur

Sautgempton – Everton 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Lukaku, 0:2 – 45 Lukaku, 0:3 – 84 Barkli.
Sautgempton – Stekelenburg, Targett, Yosida, Soaresh, Fonte, Mane, Tadich (Romeu, 46), Devis (Uord-Prouz, 79), Vanyama, Pelle, Long (Rodriges, 72).
Everton – Xovard, Gellouey (Brauning, 88), Stounz, Koulmen, Djagelka, Barkli, Makkarti, Berri, Kleverli, Lukaku (Deulofeu, 89), Kone (Neysmit, 80).
Ogohlantirishlar: Targett (6), Pelle (38), Barkli (45), Romeu (49), Makkarti (75), Devis (77).

Uotford – Vest Bromvich 0:0 (0:0, 0:0)
Uotford – Gomes, Ketkart, Predl, Nom, Anya, Layyun (Abdi, 55), Kapu, Bexrami, Xurado (Bergeys, 84), Igalo, Dini.
Vest Bromvich – Mayxill, Makoli, Douson, Olsson, Morrison, Gardner (Rondon, 62), Yakob, Brant, Fletcher, Lambert (Makkleyn, 69), Beraxino.
Ogohlantirishlar: Olsson (31), Lambert (66).

Tottenxem – Stok Siti 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 19 Dayyer, 2:0 – 45 Shadli, 2:1 – 78, penalti Arnautovich, 2:2 – 83 Diuf.
Tottenxem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Dayyer, Eriksen, Meyson (Bentaleb, 69), Shadli, Dembele, Uoker, Keyn (Lamela, 64).
Stok Siti – Batlend, Kemeron, Piters, Djonson, Munesa, van Ginkel (Ayrlend, 59), Uelan, Afellay, Arnautovich, Uolters (Xoselu, 59), Diuf.
Ogohlantirishlar: Uelan (8), Uoker (24), Devis (48), Munesa (73).

Sanderlend – Norvich 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Martin, 0:2 – 37 Uittaker, 0:3 – 57 Redmond.
Sanderlend – Pantilimon, van Anxolt, Kabul, Koates, Djons, Mvila, Larsson (Grem, 46), Kettermoul, Lens, Fletcher (Uotmor, 70), Defo.
Norvich – Raddi, Uittaker, Martin, Bassong, Xulaxan (Djonson, 62), Tetti, Xauson, Redmond (O`Nil, 83), Dorrans, Breydi, Djyerom (Grebben, 68).
Ogohlantirishlar: Bassong (7), Lens (9), Tetti (48).

Vest Xem – Lester 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 27 Okadzaki, 0:2 – 38 Marez, 1:2 – 55 Payye.
Vest Xem – Adrian, Kressuell, Rid, Djyenkinson, Oksford (Obiang, 46), Nobl, Kuyate (Lansini, 76), Payye, Ogbonna, Sarate (Maiga, 83), Sako.
Lester – Shmeyxel, Xut, de Lat (Benaluan, 66), Morgan, Olbrayton, Drinkuoter, Shlupp, King, Marez (Fuks, 82), Vardi, Okadzaki (Kante, 62).
Ogohlantirishlar: Vardi (11), Djyenkinson (40), Okadzaki (54).

Suonsi – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Gomis, 2:0 – 52 Ayyu.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Uilyams, Sigurdsson (Britton, 86), Shelvi, Ayyu (Dayyer, 72), Kork, Montero (Rautledj, 77), Gomis.
Nyukasl – Krul, Mbemba, Edara, Yanmat, Kolochchini, Anita, Kolbek, Veynaldum, Sissoko (Teylor, 46), Obertan (Mitrovich, 82), Sisse (Aarons, 54).
Ogohlantirishlar: Yanmat (17), Ayyu (49), Noton (61), Mitrovich (84).
Chetlatish: Yanmat (41).

Manba: www.uff.uz

Top