09:54 / 15.08.2015
2191

AQShdagi qamoqlardan biriga dron yordamida giyohvand modda yetkazishga harakat qilingani aniqlandi

Ogayo shtatidagi Mensfild shahri qamog‘idagi dam olish xonasidan tamaki, marixuana va geroin solingan paket topildi. Bu haqda The Columbus Dispatch nashri xabar qildi.
Kuzatuv kameralari tekshirilganida, giyohvand moddalar qamoqqa dron yordamida kiritilgani aniqlandi.
Ta'kidlanishicha, kontrabanda motivi bo‘lmagan taqdirda dronlarning qamoqxona ustidan uchib o‘tishi taqiqlanmagan.
Jinoyatni kim sodir etgani aniqlashtirilmoqda

Top