09:54 / 15.08.2015
1676

As: Vilyam Karvalyu – “Real” tayanch zonasini mustahkamlash uchun asosiy nomzod

Lissabonning “Sporting” yarimhimoyachisi Vilyam Karvalyuga Madridning “Real” jamoasi hamon qiziqish bildirmoqda.

As ispan nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Lukas Silvaning “Real”dan ketishi va Aser Ilyarramendining ketishi ehtimoli borligi sababli jamoa 23 yoshli portugal o‘yinchisiga tayanch yarimhimoyachisi pozitsiyasini mustahkamlashda ustuvor variant sifatida qaramoqda.

“Real” bosh murabbiyi Rafael Benitesning fikricha, jamoaga Toni Kroos, Luka Modrich va Kazemirodan tashqari yana bitta tayanch yarimhimoyachisi zarur.

Qayd etish joizki, “Sporting” qo‘yib yuborilish narxi 45 mln yevroni  tashkil qiluvchi Karvalyu o‘rnini bosa oluvchi futbolchilar – Alberto Akvilani va Bruno Paulistuni xarid qildi.

Top