00:06 / 15.08.2015
2194

Avstraliyalik motopoygachi uch oy davomida singan qo‘llari bilan musobaqalarda ishtirok etgan

MotoGP sinfidagi poygalarda ishtirok etuvchi Team LCR jamoasining avstraliyalik motopoygachisi Jyek Miller musobaqalarda uch oy singan qo‘llari bilan ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda SuperSport ma'lum qildi.

12 iyuldan 9 avgustgacha davom etgan yozgi ta'tillarda sportchi shifokor huzuriga tashrif buyurib, poygalarda marraga yaqinlashganda kuchini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan bilagidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Olingan natijalar Millerni hayratga soldi. Ma'lum bo‘lishicha, sportchining ikkala yelka suyaklari singan bo‘lib, tekshiruv o‘tkazilgan paytda ular bitib ketishga ulgurgan.

“Men kuchimni yo‘qotardim, qo‘llarim og‘rishni boshlardi va nima bo‘layotganini tushunmasdim. Bu qanday yuz berganini bilmayman, biroq hozirda hammasi joyida”, deb aytdi 20 yoshli poygachi.

Rentgen sportchining bilagidagi suyaklardan birida darz borligini aniqladi. Sportchi bu jarohatni mototsikldan yiqilgani oqibatida olgan, biroq u unga jiddiy muammolar tug‘dirmagan.

Ma'lumot uchun, MotoGP poygasi shosse-halqa yo‘llari bo‘yicha o‘tkaziladigan eng nufuzli motopoyga hisoblanadi. Bu poygada ishtirok etadigan barcha texnika erkin savdoda mavjud emas va ularni umumiy foydalanish yo‘llarida ishlatish taqiqlangan.

Top