09:57 / 15.08.2015
2214

Germaniyalik bokschi Xuk chempionlik maqomini himoya qilish bo‘yicha rekord o‘rnata olmadi

Germaniyalik bokschi Marko Xuk 90.71 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempionligini himoya qilish soni bo‘yicha rekord o‘rnata olmadi. AQShning Nyu-Jyersi shtati, Nyuark shahrida o‘tkazilgan 12 raundli jangda u polshalik raqibi Kshishtof Glovatskiy tomonidan texnik nokautga uchratildi.
6-raundda Xuk raqibini nokdaunga uchratdi, ammo polshalik sportchi tezda o‘zini o‘nglab olib, himoyalanishda davom etdi. Xukning ustunligi bilan kechayotgan bahsning 11-raundida Glovatski kutilmaganda uni ikki marta yerga yiqitdi. Shundan so‘ng referi o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi.
Bu Xukning AQShda o‘tkazgan birinchi jangi edi. O‘tgan yili u Germaniyaning Sauerland Events promouterlik kompaniyasi bilan aloqalarini uzib, amerikalik taniqli promouter Lu di Bella bilan shartnoma imzolagan edi.
Xuk Glovatski bilan bahsdan so‘ng Roy Jons bilan yana bir uchrashuv o‘tkazib, superog‘ir vaznga o‘tishni rejalashtirayotgan edi. Rossiyalik Denis Lebedev bilan jang o‘tkazish taklifini germaniyalik sportchi rad qilgan edi.

Top