06:43 / 15.08.2015
3144

McDonald's xodimlar maoshlari orasidagi tavofut bo‘yicha reytingga boshchilik qilmoqda

McDonald's tez tamaddixonalar tarmog‘i AQShda xodimlari maoshlari o‘rtasidagi tengsizlik bo‘yicha reytingning eng yuqori pog‘onasini egallamoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Agentlik  fastfudning oddiy xodimining o‘rtacha oyligi kompaniyaning bosh ijrochi direktorining maoshidan  644 marta kamligini hisoblab chiqdi. Ayni paytda bu lavozimni Donald Tompson egallamoqda va uning yillik maoshi 7,3 mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu orada kompaniya oddiy xodimining o‘rtacha yillik maoshi 11 324 dollarni tashkil qilmoqda. 

Bu reytingda 2-o‘rinni Community Health Systems kompaniyasi egallamoqda, bu kompaniyada oddiy xodimning o‘rtacha maoshi bosh direktor Ueyn Smitnikidan 414 marta kamroq, ya'ni mos ravishda 26,44 mln dollarga nisbatan 63 837 dollarni tashkil qiladi.

3-o‘rinni Universal Health Services kompaniyasi egallamoqda, bu yerda eng yuqori lavozimdagi xodim bilan oddiy xodim maoshidagi tavofut 329 martani tashkil qilmoqda. Kompaniya bosh drektori Alan Miller yiliga 18,43 mln dollar maosh olgan bir paytda oddiy xodimning o‘rtacha maoshi yiliga 55975 dollarni tashil qiladi.

Avvalroq AQSh kompaniyalariga oddiy xodimlar bilan top-menejyerlar maoshlari orasidagi tavofutni kamaytirish majburiyati qo‘yilishi ma'lum qilingan edi. 

Top