10:02 / 15.08.2015
3768

O‘zbekistonda zamonaviy reabilitatsiya texnik vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda shu vaqtga qadar xorijdan import qilinayotgan zamonaviy reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda nogironlar jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi konsultativ uchrashuv chog‘ida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘tgan uch yil ichida O‘zbekistonda 8770 nafar imkoniyati cheklangan shaxs davlat hisobidan nogironlar aravachasi, eshitish vositalari, qo‘ltiqtayoq va hassalar bilan ta'minlanib, ushbu maqsadlarga 4,7 mlrd so‘m sarflandi. “Keksalarni e'zozlar yili davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida reabilitatsiya texnik vositalarini bepul taqdim etishga ajratilayotgan davlat byudjyeti mablag‘lari yana ikki oshirilishi belgilangan.

Muqaddam nogironlar uchun reabilitatsiya texnik vositalarining aksariyati xorijdan katta mablag‘lar hisobiga import qilinar edi. Mamlakatimizdagi qulay investitsion muhit ko‘plab xalq iste'moli mahsulotlari, shu jumladan nogironlar uchun zarur texnik vositalarni ham o‘zimizda ishlab chiqarishga imkon tug‘dirmoqda. Shu maqsadda joriy yil 10 avgust kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan import qilinuvchi zamonaviy reabilitatsiya texnik vositalari namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda eng eng zamonaviy va innovatsion mahsulotlar kelgusida respublikamizda tayyorlanishini ko‘zda tutgan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun taqdim etildi.

Uchrashuv vaqtida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mazkur mahsulotlarni “O‘zavtosanot” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekengilsanoat” AJ negizida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi.

Top