15:53 / 15.08.2015
3821

Snup Doggning o‘g‘li kinematograf uchun sportdan voz kechdi

Taniqli amerikalik reper Snup Doggning o‘g‘li Kordell Brodus sport karerasini yakunlab, kinematografiya bilan jiddiy shug‘ullanishni niyat qildi. Associated Press agentligining eslatib o‘tishicha, Brodus amerikacha futbol bilan shug‘ullanib kelgan.

Shu yilning fevralida Brodus Los-Anjyelesdagi UCLA universiteti jamoasiga qo‘shilgan. Jamoa murabbiyi Jim Mora uning klubni tark etganini tasdiqladi.
2015 yili Snup Doggning Kordellning sport karerasidagi ishtiroki haqida “Snup va uning o‘g‘li: otaning orzulari” nomli hujjatli film ishlandi.

Top