16:46 / 15.08.2015
2630

Tyantszinda portlash hududida tirik qolgan yana bir kishi vayronalar ostidan chiqarib olindi

Xitoyning Tyantszin portida sodir bo‘lgan portlashlar hududida tirik qolgan yana bir kishi vayronalar ostidan chiqarib olindi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
50 yoshli erkak portlash markazidan 50 km narida bo‘lgan. U topilishi bilan shifoxonaga yuborildi.
Shuningdek, bugun Tyantszinda yangi portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar qilindi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, portlash qurbonlari soni 85 kishiga yetdi. 700 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Top