20:43 / 15.08.2015
5829

Ukraina armiyasida o‘z joniga qasd qilish holatlari avj olmoqda

Ayni paytga kelib Ukraina qurolli kuchlarining 136 nafar harbiysi Donbassdagi jangovor harakatlar paytida o‘z joniga qasd qildi. Jangchilar ruhiy zo‘riqish, tushkunlik va urush dahshatlariga dosh bera olmayaptilar.  

Fuqarolik jurnalistikasi agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Ukrainada  aksilterrorchilik operatsiyasi deb nomlanuvchi janglarda qatnashib o‘z uylariga qaytib kelganlarga psixologik yordam berish bo‘yicha dastur yo‘q.

Shu tariqa, uylariga qaytib kelgan jangovor harakatlar ishtirokchilari o‘z ruhiy jarohatlari, qo‘rquvlari, xavotirlari va tushkunliklari oldida bir o‘zlari yolg‘iz qolmoqdalar.

Shu bilan birga mamlakatda reabilitatsiya davlat dasturlari, harbiylarga psixologik ko‘mak berish yo‘q bo‘lgan bir paytda, bu ishlar bilan ko‘ngillilar shug‘ullanmoqdalar. Ukraina armiyasi rahbariyati Ukraina armiyasida o‘z joniga qasd qilish va tushkunlik muammolariga rasmiy izoh berishdan bosh tortib kelmoqda. 

Top