20:44 / 16.08.2015
2189

“Arsenal” mehmonda “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba qozondi

Angliya Premer-ligasining 2-turida “Arsenal” mehmonda “Kristal Pelas” ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Kanonirlar” uchrashuvning 16-daqiqasida Olive Jiruning aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. Mezbonlar 28-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar.
2-bo‘lim boshlangandan 10 daqiqa o‘tib mezbonlar o‘yinchisi Demen Deleynining avtogoli hisobiga uchrashuvdagi yakuniy hisob o‘rnatildi va shu tariqa Arsen Venger shogirdlari chempionatdagi ilk 3 ochkolarini qo‘lga kiritdilar.

Angliya Premer-ligasi. 2-tur

Kristal Pelas (London) – Arsenal (London) – 1:2
Gollar: Jiru, 16 (0:1); Uord, 28 (1:1); Deleyni, 55 (1:2, avtogol).
Ogohlantirishlar: Makartur, 45+1 – Koklen, 41.

Top