17:10 / 16.08.2015
26006

Eng yaxshi va eng saviyasiz o‘zbek filmlari reytingi e'lon qilindi

“Darakchi” haftalik nashri O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi va eng saviyasiz filmlar reytingini e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, reyting tuzish maqsadida o‘quvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilgan. Ushbu so‘rovnoma natijalari asosida tuzilgan har bir ro‘yxatdan 5tadan film o‘rin egalladi.
Eng yaxshi filmlar reytingida birinchi o‘rinni o‘z vaqtida shovshuvga sabab bo‘lgan “Sotqin” filmi egalladi. Ikkinchi o‘rin “Novda”, uchinchi o‘rin esa “Tog‘a” filmlariga berildi. Beshtalikka “Quduq” va “Parizod” filmlari kirdi.

Eng saviyasiz va bachkana film deb esa “Qora tanli bojalar” kartinasi tan olindi. Qizig‘i, ushbu filmda bosh rolni gavdalantirgan aktyor Muhammadiso Abulxairov ikkinchi va uchinchi pog‘onada turgan filmlar – “Uring, jonim, uring” va “Yana boshlandi” kartinalarida ham ishtirok etgan.
Saviyasiz filmlar beshtaligini “Ana xolos!” va “Payshanbadan payshanbagacha” kartinalari yakunlab berdi.

Top