17:01 / 16.08.2015
7477

Gidrometereolog: Amudaryoda ko‘pdan buyon buncha suv oqmagan

Amudaryoda ko‘p yillardan buyon joriy yilgidagiday ko‘p miqdorda suv oqmagan edi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston gidrometereologiya boshqarmasi boshlig‘i Aybosin Qidirniyazov ma'lumot berdi.

“Yaqin yillardan misol keltiradigan bo‘lsak, 2012 yil daryoda 3-3.5 ming kub va 2005 yil 4.5-5 ming kub suv oqib o‘tdi, – dedi u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida. – Joriy yilda ham 4 ming kubdan kam bo‘lmasligi kutilmoqda… Shuningdek, o‘tgan yilda sentabr oyidan boshlab salqin tushgan bo‘lsa, bu yil issiq harorat davomiyligi oktabr oyigacha davom etishi mumkin”.

Shuningdek, Qidirniyazov daryo suvining ko‘pligi ayrim joylarda suv toshqini xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi:
“Daryoning Taxiatoshdagi ko‘prikdan keyingi qismlarida har yili suv bu kabi to‘lib oqavermaydi. Shuning uchun daryo o‘zanini o‘z suvi bilan chuqurlashtirish maqsadida Tuyamo‘yin su ombori to‘lmasdanoq daryoning quyi qismiga suv yuborila boshlandi. Daryo bo‘yidagi suv toshqini xavfi bor hududlarni yil boshidan nazoratga olganmiz”.

Top