17:55 / 16.08.2015
2501

Iroqda aksilkorrupsiya komissiyasi rahbariga suiqasd uyushtirildi

16 avgust kuni Iroq parlamentining aksilkorrupsiya komissiyasi rahbari Hasan al-Yasariyga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Hujum chog‘ida parlamentariyni kuzatib kelayotgan shaxslardan biri halok bo‘lgan. Qo‘mita rahbarining o‘zi tirik qolgan.

Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmayapti.

Top