09:19 / 16.08.2015
2191

Malida hukumat va isyonchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi

Malida hukumat va isyonchi tuareglar o‘rtasidagi imzolangan tinchlik sulhi buzilib, tomonlar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Sulh nima sababdan buzilgani va otishmada qancha odam aziyat chekkani haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.
Hukumat va isyonchi tuareglar iyun oyining oxirida tinchlik sulhi imzolagan edi.

Top