13:37 / 16.08.2015
15814

Navro‘z Sobirov: Odamlar mening aybim yo‘qligini aytyapti

Xonanda Navro‘z Sobirov 8 avgust kuni Urganch shahridagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan fojia haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni ko‘prikning qulashi oqibatida 10dan ortiq odam halok bo‘lgan edi. Ayni paytda hukumat komissiyasi voqea sabablarini o‘rganib chiqmoqda.

“Odamlarning aytishicha, mening aybim yo‘q, – dedi xonanda Shov-shuv.uz saytiga bergan intervyusida. – Tekin konsert edi. Menga hokimiyat konserti deyishgan. Apil-tapil kiyinib, 8-avgust kuni “Yoshlar ko‘li”ga borib kuyladim. Boshqa hech narsadan xabarim yo‘q”.

Top