15:32 / 16.08.2015
3243

Sog‘liqni saqlash vazirligi gumanitar kanallardan gepatitga qarshi 700 ming vaksina oldi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi 2015 yilning birinchi yarim yilida gepatitga qarshi 700 ming vaksina xarid qildi. Bu haqda yarim yillik yakunlari bo‘yicha e'lon qilingan hisobotda aytildi.

Ta'kidlanishicha, ijtimoiy ko‘makka muhtoj keksa insonlarda infeksion kasalliklar profilaktikasini o‘tkazish maqsadida gumanitar kanallardan 107.8 ming dollarlik 15 ming doza gripp vaksinasi hamda 1.5 mln dollarlik 677 ming doza V gepatitiga qarshi vaksina olindi. Dori vositalari davlat sanitariya-epidemiya nazorati hududiy markazlariga yetkazildi.

Shuningdek, hisobot davrida 8 ming nafar urush faxriylari va nafaqaxo‘rlar birinchi ehtiyoj dorilari bilan ta'minlandi.
Ambulator davolanayotganlar imtiyozli asosda ta'minlanadigan dori vositalari ro‘yxatiga yana 8 nom kiritildi.

Top