16:56 / 16.08.2015
2416

XXR Davlat kengashi rahbari Tyantszinga tashrif buyurdi

XXR Davlat kengashi rahbari chorshanba kuni portlashlar sodir bo‘lgan Tyantszin port shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda “Jenmin jibao” gazetasi xabar tarqatdi.
“XXR raisi Si Tszinpin nomidan Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan shaharga tashrif buyurdi va endilikda qutqaruv operatsiyalariga boshchilik qiladi”, – deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, bugun Xitoyning shimolidagi Tyantszin port shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 112 kishiga yetgani xabar qilindi. Bundan tashqari, yana 95 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Top