08:58 / 17.08.2015
2412

“Chelsi” chempionlikdan keyingi mavsumning dastlabki ikki turida g‘alaba qila olmagan ikkinchi chempion bo‘ldi

“Chelsi” jamoasi APLning 2-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, u chempionlikdan keyingi mavsumning dastlabki ikki turida g‘alaba qila olmagan ikkinchi chempion bo‘ldi.

2007/08 mavsumida bunday natijani “Manchester Yunayted” qayd qilgan edi. Shunga qaramay, o‘sha mavsumda MYu chempionat va Chempionlar Ligasida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

 

Top