00:10 / 17.08.2015
5011

“Chelsi” shifokori Yeva Karneyroning sobiq qallig‘i uning jamoa futbolchilaridan biri bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini oshkor etdi

“Chelsi” shifokori Yeva Karneyro jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan chiqqan mojaro ortida asosiy jamoadan chetlatilgan bir payt uning sobiq qallig‘i Rupert Patterson Yevaning jamoa futbolchilaridan biri bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini ma'lum qildi. 

Yigitning qayd etishicha, bu haqda unga Karneyroning o‘zi aytgan va shu sababli ular ayrilishgan.

“U bu harakati bilan menga azob bermoqchi bo‘lgan. Yeva mehmonxona xonasida futbolchi oshig‘i bilan uchrashganini o‘zi tan oldi”, deb aytdi Patterson The Sun nashriga.

Yigit uning endilikda sobiq ma'shuqasi doim boy erkaklarni yaxshi ko‘rgani va u kabi yiliga 30 ming funt oladigan oddiy londonlik tijorat direktori futbolchilar kabi katta pul ishlay olmasligini, ulardan ba'zilari u bir yilda topadigan pulni bir kunda topishlari va u bunga qarshi hech narsa qilolmasligini ta'kidlab o‘tgan.   

Patterson Yeva aynan kim bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini oshkor etmagan.

Ayol shifokorning muxlislari Yeva mojarolar tufayli “Chelsi”ni tark etishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Fanatlar ingliz jamoalari shifokorlari orasidagi eng jozibali shifokor iste'foga ketishini tasavvur ham qilisha olmayapti.

Bu orada “Arsenal” muxlislari “kanonirlar” rahbariyatidan Yevani ishga olishni talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Yeva Karneyroni “Suonsi”ga qarshi uchrashuvdan keyin darhol asosiy jamoadagi ishdan chetlashtirgan. O‘sha uchrashuvda Yeva o‘yinning oxirgi daqiqalarida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan Eden Azarga yordam bergani murabbiy bilan kelishmagan holda maydonga chiqqan. Bu holat raqibga vaqtni cho‘zishga yordam bergan va murabbiyning g‘azabini keltirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Mourinyu Karneyroga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Biroq keyinroq portugaliyalik mutaxassis o‘z aybini tan olib, “o‘yinchining sog‘lig‘i istalgan natijadan muhimroq ekanini” aytgan.  

Top