18:12 / 17.08.2015
2245

“O‘zbekturizm” JATA bilan hamkorlik haqida memorandum imzolaydi

O‘tgan hafta Yaponiyaning yirik turistik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida axborot berilgan edi. Delegatsiya tarkibida Yaponiya turistik agentliklar uyushmasi (JATA), Hankyu Travel, Travel Plaza Japan, Foresight Marketing agentliklari rahbar xodimlari, Asahi-TV, Travel&Life, JIJI Press va Mainichi Shimbun singari yirik OAV vakillari bor edi.
Tashrif chog‘ida delegatsiya O‘zbekistonning turistik salohiyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, Buxoro, Samarqand singari shaharlarning asosiy turistik obektlari bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Mehmonlar Surxondaryo va Xorezm viloyatlariga safar uyushtirib, u yerdagi turistik infrastrukturaning rivojlantirilayotganiga guvoh bo‘ldilar.
Tashrif yakunlariga ko‘ra delegatsiya vakillari O‘zbekiston turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarini taklif etishdi. Shuningdek, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi rahbariyati JATA rahbari o‘rinbosari J. Kikum bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra shu yilning oktabrida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Top