10:05 / 17.08.2015
13068

Alisher Sultanov «O‘zbekneftegaz» rahbari etib tayinlandi

«O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining yangi boshqaruv raisiligiga bunga qadar kompaniya rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Alisher Sultanov tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xoldingdagi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Kompaniya saytiga ko‘ra, Alisher Sultanov (1967 yilda tavallud topgan) 2013 yilning noyabr oyidan buyon Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish olib borgan.

Bundan avval — 2002-2013 yillarda esa «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho‘ba korxonasi direktori vazifasini bajargan.
Avvalroq esa – 1998-1999 yillarda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan o‘tkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi, 1998 yilda «O‘ztashqineftgaz» tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi bo‘yicha direksiyasi bosh mutaxassisi, 1996-1998 yy. — «O‘zneftniqaytaishlash» aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini ta'minlash bo‘yicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi lavzimlarida faoliyat olib borgan.

«O‘zbekneftegaz»ning sobiq rahbari Shokir Fayzullayev esa mazkur lavozimga 2010 yilda tayinlangan edi.

Top