05:47 / 17.08.2015
2530

Damashqda aviazarbalar oqibatida 80 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi

Damashq yaqinida muxolif kuchlar tomonidan nazorat qilinuvchi bozorga Suriya hukumat aviatsiyasi uyushtirgan hujumi oqibatida 80 dan ko‘proq tinch aholi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yana 200 kishi jarohat oldi.

Ma'lum qilinishicha, aviazarbalar voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgandan keyin ham davom etavergan. 

Top