14:58 / 17.08.2015
3096

De Xea shu transfer oynasi vaqtida "Real"ga o‘tmasa, o‘z agentidan 5 mln yevro tovon puli oladi

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea shu yil yozgi transfer vaqtida “Real Madrid” tarkibiga o‘tishni istamoqda.

El Confidencial bergan ma'lumotga ko‘ra, yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Real Madrid” safiga o‘ta olmasa, o‘z agenti Jorjye Mendesh bilan shartnomani bekor qiladi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 3 yil oldin De Xea va Mendesh darvozabonning “Real Madrid” tarkibiga o‘tishini nazarda tutuvchi shartnoma tuzgandi. Aks holda 24 yoshli darvozabon 5 mln yevro miqdordagi tovon puli olishi belgilab qo‘yilgan.

Avvalroq “Real Madrid” De Xea uchun talab qilinayotgan 40 mln yevro to‘lashni istamasligi hamda darvozabonni keyingi mavsumda erkin agent sifatida olishni ma'qul ko‘rayotgani xabar qilingan edi.

 

Top