11:22 / 17.08.2015
2637

Endi Marrey Jokovichni mag‘lub etib, Monrealdagi tennis turniri g‘olibi bo‘ldi

Britaniyalik sportchi Endi Marrey Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tgan "Masters" seriyasiga kiruvchi tennis turnirida g‘olib bo‘ldi. Ushbu turnirning sovrin jamg‘armasi 3,5 million dollarni tashkil etadi.
Turnirda ikkinchi raqam bilan ishtirok etgan Marrey finalda dunyoning birinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovichni 6:4, 4:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Match 3 soat davom etdi.
Marrey uchun mazkur g‘alaba faoliyatidagi ATR turnirlarining yakkalik bahslaridagi 35-, 2015 yildagi 4-sidir. Raqibi o‘rtasidagi shaxsiy hisob esa Jokovich foydasiga 19-9ni tashkil etdi.

Top