05:17 / 17.08.2015
4069

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 18-turidagi uchrashuvlar natijalari

16 avgustda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 18-turida 3 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Nasaf" klubi safarda "Qo‘qon 1012" ustidan g‘alabaga erishdi.

Qarshiliklar safida Azamat Allaniyazov dublga erishgan bo‘lsa, Ilhom Shomurodov bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlarning uchta goliga "Qo‘qon 1912" futbolchilaridan faqat Jalil Kimsanov bitta to‘p bidan javob qaytara oldi.

Oliy liga. 18-tur

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" - 1:3

Gollar: Jalil Kimsanov 68 - Azamat Allaniyazov 39, Ilhom Shomurodov 53, Azamat Allaniyazov 64

"Bunyodkor" klubi G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi mehmoni bo‘ldi. Urashuv 0:0 hisobida durrang natija bilan yakunlandi. Shu tariqa "qaldirg‘ochlar" G‘uzorda ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldilar.

Oliy liga. 18-tur

"Sho‘rtan" - "Bunyodkor" - 0:0

"Buxoro" klubi o‘z maydonida musobaqa peshqadami "Paxtakor"ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

"Buxoro" darvozasiga 9-daqiqada o‘z futbolchisi Chipev avtogol kiritdi. Shundan so‘ng "Paxtakor" futbolchilari bosimni oshirdilar va 32-daqiqada Igor Sergeyev ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Paxtakor" peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Oliy liga. 18-tur

"Buxoro" - "Paxtakor" - 0:2

Gollar: Chipev 9 (avtogol), Sergeyev 32

Top