11:01 / 17.08.2015
5945

Gollivud aktyori Morgan Frimenning nabirasi Nyu-Yorkda o‘ldirib ketildi

Gollivud aktyori, 78 yoshli Morgan Frimenning I'dena Xayns ismli 33 yoshli o‘gay nabirasi Nyu-Yorkning Manxetten tumanida pichoqlab ketildi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar bejon qizning tanasi ustida qo‘lida pichoq ushlab turgan erkakni aniqlashdi. Aniqlanishicha u ayolning sobiq yigiti bo‘lgan. Shiforoklar marhumning qorin sohasiga bir necha marta pichoq sanchilganini aniqlashdi. Jabrdiyda olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Bunday vahshiyona qotillikka nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda.


I'dena Xayns Morgan Frimenning birinchi rafiqasi Jannetning nabirasi hisoblanadi. Aktyor bilan I'dena orasidagi iliq munosabatlar turli mish-mishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hattoki, bir necha yillar avval jahon OAVlari Frimanning o‘gay nabirasi bilan nikoh qurishi haqidagi xabarlarni tarqatishgan. Aktyor bu mish-mishlarni inkor etgan edi.

Top