Rossiyaning Kuban viloyatida yo‘nalishli taksining avtohalokatga uchrashi oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi, 12 kishi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy favqulodda xizmatlarning ma'lum qilishicha, mashina tungi soat 3:00da daraxtga urilgan. Voqeaning sabablari surishtirilmoqda.
Jarohatlanganlar Armavirdagi shifoxonaga yotqizildi.