22:00 / 17.08.2015
3602

"Lokomotiv" "So‘g‘diyona" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Oliy liga 18-turining so‘nggi o‘yini Toshkentda nihoyasiga yetdi. Unda “Lokomotiv” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Hisob esa anchagina noodatiy – 7:0. Uchrashuvni juda katta tashabbus bilan o‘tkazgan “temiryo‘lchilar” yakunda raqibni 7 to‘p farqi bilan mag‘lub etishdi.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) 7:0
Hakamlar: T. To‘xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: S. Rizayev.
Gollar: Elyor Oripov (12, avg.), Sanjar Shoahmedov (23, 57), J. Hasanov (kichik, 43), Marat Bikmayev (68), Islom To‘xtaho‘jayev (74, 88).
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Nemanya Yanichich (Shavkat Mullajonov 46), Islom To‘xtaxo‘jayev, Bobur Yuldashev (Salim Mustafoyev 63), Jasur Hasanov kichik, Timur Kapadze, Dilshod Rahmatullayev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboyev, Jasur Hasanov katta, Mo‘ydin Mamazulumov (Marat Bikmayev 56).
"So‘g‘diyona": Mixail Spiridonov, Dilmurod Ikromov, Elyor Oripov, Aleksandr Kletskov, Qahramon Bahodirov, Islombek Isoqjonov, Izzatbek G‘aniyev (Saidullo Rahmatov 46), Muqimjon Toshmatov (Bobur Qosimov), Muzaffar Muzaffarov, Sanjar Rashidov, Jasur Hakimov (Sobir Hamidov 59).
Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov (kichik) (19), Dilshod Rahmatullayev (44), Mo‘ydin Mamazulumov (51) - Dilmurod Ikromov (73).

Top