09:57 / 17.08.2015
2657

Medvedevdan man qilingan chet el tibbiy mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirmaslik so‘raldi

Xastalar bilan ishlovchi bir qator notijorat tashkilotlar Rossiya hukumatiga murojaat qilib, man qilingan chet el tibbiy mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirmaslik so‘radi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev nomiga yozilgan maktubda tashkilotlar rahbarlari sanksiyalar loyihasida dori vositalariga muhtoj hastalarning manfaatlarini e'tiborga oladigan ishchi guruh tuzishni iltimos qildi. Maktub yo‘llanishiga sabab sifatida sanoat va savdo vazirligi tomonidan davlat xaridlari man qilingan tibbiy vositalar ro‘yxatini kengaytirish loyihasining taqdim qilinishi ko‘rsatildi.
Shuningdek, notijorat tashkilotlar Medvedevga mahalliy tibbiy jihozlar bozorini tekshiruvdan o‘tkazish tavsiya etildi. Bu qanday jihozlarning ichki bozorda ishlab chiqarilishi va ularning qaysilari xalqaro standartlarga javob berishini aniqlash uchun zarur.
Maktub mualliflarining fikricha, ayrim tibbiy jihozlar va dori vositalarini ro‘yxatga kiritish kerak emas – ularning o‘rnini bosadigan mahsulot Rossiyada yo‘q.

Top