18:44 / 17.08.2015
8817

Nemtsov qotilligi uchun qancha avans berilganini aniqlandi

Checheniston IIVning “Shimol” bataloni sobiq jangchisi Zaur Dadayev muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovni o‘ldirish uchun 500 ming rubl avans olgan. Bu haqda “RosBalt” agentligiga huquq-tartibot idoralari xodimlari ma'lum qildi.
Aytilishicha, o‘zini Rusik deb tanishtirgan shaxs Dadayevga qotillik uchun 15 mln rubl va'da qilib, avans tariqasida 500 ming rubl bergan.
Taxmin qilinishicha, Dadayev qo‘lga olinganida uning yonidan chiqqan 100 ming rubl shu pulning bir qismidir.

Top