17:29 / 17.08.2015
3125

O‘zbekiston aholijoylarini sanitar tozalash va obodonlashtirishga 116.8 mlrd so‘m ajratildi

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholijoylarini sanitar tozalash va obodonlashtirishga 116.8 mlrd so‘m ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston moliya vazirligi axborot berdi.
Byudjyet mablag‘lari obodonlashtirish va sanitar tozalash tuman boshqarmalari moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini maxsus texnika bilan ta'minlashga yo‘naltirildi.
Xususan, obodonlashtirish bo‘yicha tuman boshqarmalariga 87.9 mlrd so‘m ajratildi. Bu pullarga 598 dona chiqindi tashuvchi texnika xarid qilinadi. Yana 9 mlrd so‘m amaldagi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini 95 dona maxsus texnika birligi bilan ta'minlashga yo‘naltirildi.
Hisobot davrida tuman obodonlashtirish boshqarmalari 431 dona chiqindi tashuvchi texnika va 74 ag‘darma mashina bilan ta'minlandi.
Mahalliy byudjyetlardan ajratilgan 20 mlrd so‘mning 11.2 mlrd so‘mlik qismi 313 chiqindi to‘plash punktlarini yaratishga va ularni 2 618 chiqindi konteynerlari bilan ta'minlashga sarflandi.
6.5 mlrd so‘m amaldagi 22ta qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini obodonlashtirish, ularni 28 dona maxsus texnika bilan ta'minlashga, 2.3 mlrd so‘m esa 17ta yani poligon qurilishiga hamda ularni 3 dona maxsus texnika birligi bilan ta'minlashga sarflandi.

Top