21:35 / 17.08.2015
3973

O‘zbekistonda sentabrdan Boeing 787 Dreamliner samolyotlari uchun texnik xizmat ko‘rsatish boshlanadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi AQShning Boeing korporatsiyasi bilan birga Toshkentda kompozit materiallardan tashkil topgan samolyotlar konstruksiyasi elementlarini ta'mirlashga mo‘ljallangan markazni yaratish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mutaxassislar angar va loyiha uchun zarur bo‘lgan binolarni qurib bitkazdilar.
“Hozirda qurilmalarni o‘rnatish va ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu markaz Boeing 787 Dreamliner kabi yangi avloddagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi MDHdagi yagona markaz bo‘ladi. Yangi markaz shu yilning sentabridan ishga tushiriladi”, deb ta'kidlanmoqda aviakompaniya matbuot xizmatida.

Top