20:38 / 17.08.2015
8476

Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining hamkorligi to‘g‘risidagi nizomi o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qarori bilan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga qo‘shimcha kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, mazkur Nizom talablari eksklav hududlarda doimiy yashovchi qarzdorlarga nisbatan ular doimiy yashash joyidan O‘zbekiston Respublikasining asosiy hududiga o‘tishlarida va qaytishlarida qo‘llanilmaydi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda qaror qilindi.

Top