05:30 / 17.08.2015
2955

Tramp: Vashington “IShID”dan Iroqda bosib olgan neft konlarni tortib olishi kerak

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Trampning aytishicha, “IShID” terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonish maqsadida AQSh jangarilar tomonidan Iroqda bosib olingan neft konlari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishi kerak. Bu haqda Sun Times International ma'lum qildi.   

“Men ularning daromad manbaini tortib olmoqchiman. Biz avvalo ularning neftini tortib olishimiz kerak edi”, deb aytdi Tramp.

Tramp, shuningdek, Iroqqa quruqlikda operatsiya o‘tkazish uchun qo‘shinlarning kiritilishi imkoniyatini istisno etmadi. Uning aytishicha bu “katta pullar” olish va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga imkon beradi.

Top