10:26 / 17.08.2015
2684

Trampning fikricha, AQShni muhojirlardan himoyalaydigan devorni Meksikaning o‘zi qurishi lozim

Respublikachilardan AQSh prezidentligiga nomzodini ko‘rsatgan milliarder Donald Tramp Meksikadan kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatishga mo‘ljallangan ulkan devorning qurilishiga qayerdan pul olish darkorligini aytdi. Uning fikricha, bunday inshoot qurilishining sarf-xarajatlarini Meksika hukumati o‘z zimmasiga olmog‘i lozim.

Agar Meksika bu ishni qilmasa, AQSh janubiy qo‘shnilaridan chegaradan o‘tish vizalari evaziga undiriladigan to‘lovlarni oshiradi. Qo‘shimcha to‘lovlar barcha meksikaliklardan, shu jumladan, diplomatlar va biznesmenlardan undiriladi.

“AQShga noqonuniy migratsiya – Meksika hukumati tomonidan yaratilgan muammo, va uni o‘sha hukumatning o‘zi hal qilishi kerak”, – dedi Tramp.

Top