15:17 / 17.08.2015
2610

Tyantszinda evakuatsiya qilinganlar hukumatdan tovon puli to‘lashni talab qilmoqda

Xitoyning o‘tgan haftaning chorshanba kuni texnogen fojiaga uchragan Tyantszin shahridan evakuatsiya qilingan odamlar dushanba kuni hukumatdan hukumatdan tovon puli to‘lashni talab qilib chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Fojia qurbonlari soni 114 kishiga yetdi, 95 kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda. 722 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Portlashlardan eng yirigining quvvati trotil ekvivalentida 21 tonnaga teng bo‘ldi.
Portlashlar tufayli atrofdagi uylarda yong‘inlar kelib chiqdi, portlash zarbi deraza oynalarini sindirib tushirdi.

Hukumat vakillari jurnalistlar bilan matbuot anjumani o‘tkazgan mehmonxona eshiklari oldida 200ga yaqin odam to‘planib, aholi ko‘rgan zararni qoplashni, uylarini ta'mirlab berish yoki sotib olishni talab qila boshladi.
“Bu namoyish emas. Biz shu yo‘l bilan hukumat e'tiborini qaratmoqchimiz, xolos. Shu paytgacha hukumat bizni payqamadi go‘yo”, – dedi aksiya faollaridan biri.

Top