09:20 / 17.08.2015
3876

Tyantszindagi texnogen avariya hududida yana bir portlash sodir bo‘ldi

17 avgust ertalab Xitoyning Tyantszin port shahridagi omborxonalardan birida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda CCTV telekanali xabar bermoqda.

“Tyantszindagi halokat zonasida kichik portlash qayd qilindi”, – xabar berdi telekanal. Portlash mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00da sodir bo‘lgan.

Tyantszindagi omborxonalarda sodir bo‘lgan portlashlar qurbonlari soni 112 kishiga yetdi, 95 kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda. 722 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Top